O'zbekiston xalq artisti YUlduz Usmonova shoirning “Xasta bo'lma” she`rini qo'shiq qilib ijro etgan. Ma`lum bo'lishicha, muallif bu she`rni 2016 yilda rafiqasiga atab yozgan. Shoirning so'zlariga ko'ra, xonanda qalam haqi evaziga unga she`riy to'plamini chop etilishiga ko'maklashishni va`da qilgan. Ammo shu paytgacha shoirga berilgan va`da bajarilmagan.
Kecha 29 oktyabr- kuni Fuqarolik ishlari bo'yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumanlararo sudida shoir Yo'lchi Ro'ziev hamda xonanda YUlduz Usmonovaning ochiq sud majlisi bo'lib o'tdi.
Sudning yakuniy qaroriga ko'ra, da`vo arizasi qisman qanoatlantirildi. Sudda da`vogar hisobiga uning ma`naviy zarari uchun 50 million so'm hamda BHMning 500 baravari miqdoridagi mablag' YUlduz Usmonova tononidan undirish haqida qaror qabul qilindi.