Shahrisabzda yonib ketgan «Damas» yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi

Kecha telegram kanalimiz orqali Shahrisabz tumanida «Damas» avtomobili yonib ketganligi haqida xabar bergandik. Holat yuzasidan YXHB rasmiy ma`lumot berdi.

Ma`lum bo'lishicha, joriy yilning 29 sentyabr- kuni soat 22:45 larda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hududidan o'tgan M-39 avtomobil- yo'lining 1176-kilometrida haydovchi 1999 yilda tug'ilgan O.Q. «Damas» rusumli avtomobilda harakatlanib ketayotgan vaqtda transport vositasida qisqa tutashuv yuzaga kelgan.

Haydovchi to'xtagan va o'zi zudlik bilan avtomobildan tushgan. Yong'in o't o'chiruvchilar tomonidan o'chirilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo'q.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tuman FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here