Qashqadaryoda bu safar homilador o'qituvchi kaltaklanganini aytmoqda (Video)

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan Cho'lquvar qishlog'idagi 50-maktabning ingliz tili fani o'qituvchisi Lobar Ergasheva kaltaklandi. O'qituvchi «Nasafnews»ga murojaat qilib, ayni paytda ahvoli yomon ekanini, UTT tekshiruvidan o'tgach, homilasini yo'qotish xavfi yuqoriligini ma`lum qildi.

Ma`lum bo'lishicha, voqea 26 aprel- kuni sodir bo'lgan. Kaltaklanganini aytgan o'qituvchining oyoq va qo'l bilaklariga tan jarohati etkazilgan.
«2-«b» sinfga ingliz tili fanidan darsim bor edi. Dars boshlangandan so'ng, 10 daqiqadan keyin orqa partada shovqin boshlandi. Ularga ogohlantirish maqsadida tanbeh berdim. To'g'ri o'tiringlar, dars boshlandi, dedim. Bilsam, orqa partada «nolevoy» sinfidagi bolalar ekan. Shu maktabda dars beradigan pedagog ayol ham «nolevoy»ga o'qiydigan farzandini shu sinfga tiqib qo'ygan ekan. Bola juda erka va shovqin ko'targani uchun unga tanbeh berdim. Dars tugadi. 5-soat boshlangandan keyin 1- «a» sinfga darsga kirdim, ingliz tili fanidan. Haligi bolakayning onasi yonimga keldi. «Nima uchun farzandimga urishasan, urding, 2 shapaloq urding» deb to'xmat qildi. Shundan keyin bu ayol birinchi sinflarning oldida meni ura ketdi. Men agar biror ayb ish qilgan bo'lsam, uzr so'rayman dedim. Ammo u menga quloq solmadi»,- deydi u.

Lobar Ergashevaning ta`kidlashicha, janjal direktorning xonasida ham davom etgan.

«Dars paytida direktor meni chaqirtirdi. Borganimda, o'sha o'qituvchimizning onalari kelgan ekan. Katta yoshli onaxon. U kishi menga:- «San nimaga nevaramni urasan, man sani yo'q qilaman, bo'shattiraman, deb tahdid qila ketdi». Tashqariga  chiqqanimizdan keyin esa darsga ketayotgandim, «sen to'xta-da» dedida, yuzimga shapaloq tortib yubordi. Keyin ikkinchi qavatdan opasi yugurib chiqdida, u ham urib, kaltaklab ketdi. Kutilmagan zarbadan o'zimni himoya qilolmay qoldim»,- deydi jabrlangan o'qituvchi.

«Nasafnews» muxbiri holat yuzasidan 50-umumiy o'rta ta`lim maktabi direktori Olim Nurillaevdan izoh oldi.U ingliz tili o'qituvchisining o'zi bolani urganini aytib, voqeani «arzimagan tortishuv» deb baholadi.

«Ingliz tili darsini o'tayotgan bo'lgan. Darsga xalaqit bergan «nolevoy»lardan 2 tasini ikki shapaloq urgan. Ulardan biri borib onasiga voqeani aytgan. Onasi bolaning momosi bilan oldimga kelib, «Nevaramni uribdi, mana beti qizarib ketgan» dedi. Men momoga o'zingizni qizingiz ham o'qituvchi-ku, dedim. Ertaga qizingizni biror kishi urishi mumkin, bilmay urgandir, hech narsa qilmaydi dedim»- , deydi direktor.

Direktorning aytishicha, uning xonasidan chiqqan bolaning buvisi va onasi zalda ingliz tili fani o'qituvchisi bilan tortishib qolgan. Holat kuzatuv kamerasiga tushgan.

«Keyin kameradan ko'ryapmiz. O'sha bolani buvisi o'qituvchiga 2 marta qo'l ko'targan. Opasini o'rganda qo'li tekkan yoki tegmagani ko'rinmagan kamerada. Keyin ayollar borib ajratib olgan ularni. O'sha kuni «uchastkovoy»ni chaqirtirdik, keldi. Kechirim so'radi. O'qituvchidan kechirim so'ragandan keyin, ha bo'ldi, deb «delo» yopilgan», – deb qo'shimcha qiladi maktab direktori Olim Nurillaev.

Lobar Ergashevaning o'zi bilan birga ishlaydigan turmush o'rtog'i ham holatga o'z fikrini bildirib, xotini 6 yoshli bolani urmaganini ta`kidladi.
«Oddiy bir dakkini katta vahima qilib, boshqa sinfga dars o'tayotgan vaqtida sinfidan chaqirib olib, «meni bolamni nimaga urding» deb to'xmat qilgan. Biz YAkkabog'dan shu erdagi bolalarni uraman, deb boryapmizmi? 6 yoshli bolani kim, qanday qilib ura oladi?» ,- deydi To'ychi G'ayirov.

«Cho'lquvar» mahalla profilaktika inspektori Shavkat Bozorov mazkur voqeadan xabardor ekanini ma`lum qilib, hozirda surishtiruv ishlarini olib borayotganini ta`kidladi.

Video:

Eslatib o'tamiz, avvalroq «Nasafnews.uz» sayti Chiroqchi tumani 134 -umumiy o'rta ta`lim maktabining ingliz tili o'qituvchisi Shoxnur Oqquziev o'quvchilardan birining akalari tomonidan qattiq kaltaklanganini yozib chiqqandi. Bu voqea keng jamoatchilikning jiddiy e`tirozlariga sabab bo'lgandi. Voqeaga viloyat hokimidan tortib, Xalq ta`limi vazirligi munosabat bildirib, kaltaklangan o'qituvchini qo'llab-quvvatlashlarini ma`lum qilishgandi.

4 Izohlar

  1. Uradida nima kiladi bolaga tanbex bersa bola anik tarbiyasiz onasining tarbiyasiga karaganda bolaning onasiniyam onaning onasiniyam kamash kerak ana shunaka ayollar otalarni dastidan bolalar betarbiya bulayapdi

  2. Ota onalar tarafini olgani uchun jamiyatimizda axloqi buzuq bolalar koʻpayib borishyabdi chora koʻrish kerak ! Qani oldinlari ota onalar eti saniki suyagi maniki deyishardi ustozlarga hozir esa umuman boshqacha oʻqimasa oʻqimasin bolamni urma deyishadi shuning uchun axloqisiz bolalar koʻpayib boryabdi chora koʻrish kerak

  3. Baʼzi bir tarbiyasizlarni deb jamiyat buzilyapti
    Farzandini kelajagini uylamaydi bular
    Ahir kundan kunga baʼzi sohalarda qoloq holatga tusha yotganimizda mana
    shunaqa tarbiyasiz
    ota onalar koʻpligi sabab boʻlayapti
    Na dunyoviy na diniy taʼlimi yetarli emas bularni qattiq jazo koʻrish kerak bularga
    Inson huquqlari qadr qimmati
    qayerda qoladi bunaqada
    Davlat jamiyatga xizmat qilishi kerakmi
    Ishlasin qonunlar bekorga chiqarilganmi
    Bir kishiga tan jarohati yetkazilyapti
    Agar homilador ayol farzandiga biror nima boʻlsa bu qotillik tugʻri emasmi
    Noinsof maxluqdan nima farqimiz qoladi bu
    Ketishda bunga jamiyat jim qarab tursa
    Davlat idoralari, mansabdorlari
    quruq gapdan beriga urmasa bundan ham
    Ayanchli holatlar koʻp kuzatiladi hali
    Faqat qonun ustuvor davlatdagina
    Tinch osoyishta yashash mumkin
    Roʻzayi Ramazon ahir
    Nimani boʻlisha olmaymiz bilmayman
    Ahir tinch hal qilsa biladiku
    Qaytar dunyo bu nima boʻlganda ham oʻqituvchidam ayb utganda ham
    Uni homilador holatida kaltaklaganlar
    Jazolanishi agar homilaga biror gap boʻlgan
    Boʻlsa ular qamalishi kerak
    Adolat kutip qolamiz masʼullardan !!!!!!
    Men ham balki pedagog bularman balki yuq
    Lekin tanimasamda hali toʻgʻilmagan
    Norasiyda uchun adolat surayman
    Ota pedagog ona pedagok
    Bunaqa oiladan yomonlik chiqishi qiyin
    Bilip bilmay xato fikrlarni bayon qilgan boʻlsam uzr

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here