Nishon hokimi YPX xodimlarini taqdirladi

Nishon tumani hokimi Muxtor Hayitmurodov bir guruh yo'l patrul- xizmati xodimlarini taqdirladi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati ma`lumot berdi.

Ma`lum bo'lishicha, yil yakuniga ko'ra yaxshi natija ko'rsatgan, xizmat burchini asdoydil ado etgan Nishon tuman ichki ishlar bo'limi YHXBning bir guruh xodimlariga tuman hokimligining tashakkurnomasi topshirilgan.

Tadbirda joriy yilda tuman bo'yicha yo'l-transport hodisalari soni kamayganligi, tuman IIB YHXB shaxsiy tarkibi barcha tadbirlarda hokimlik, korxona, tashkilot va muassasalarga yaqindan yordam berib, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda tun-kun xizmat qilganliklari alohida qayd etildi.
Joriy yilda tuman IIB yo'l harakati xavfsizligi bo'linmasi say`-harakati bilan tuman markazidagi chorrahalarga sfetoforlar, tunda yoritiluvchi yo'l belgilari o'rnatildi. Bu o'z navbatida yo'llarda harakat xavfsizligini ta`minlashga xizmat qilmoqda.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here