Qashqadaryoda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari “O'zbekinvest” bo'lim boshlig'ini pora bilan ushladi

Qashqadaryo viloyatida mahalliy tadbirkorlardan biri Qarshi shahrida oziq-ovqat mahsulotlari saqlashga mo'ljallangan sovutgichli omborxona qurish uchun 1 milliard so'm miqdorida kredit olish maqsadida tijorat bankiga murojaat qilgan.
Belgilangan tartibga ko'ra tadbirkorga bankdan kredit olish uchun dastlab sug'urta kompaniyasiga murojaat qilishi lozimligi aytiladi. Tadbirkor “O'zbekinvest” milliy sug'urta kompaniyasining Qarshi shahar bo'limi boshlig'i S.K.ga borib uchrashganida esa, u 4000 AQSh dollari evaziga 1 milliard so'm miqdorida kredit ajratilishiga ko'maklashishni va`da qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda S.K. tadbirkordan 4 ming AQSh dollari olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo'lga olindi.
O'zAning xabariga ko'ra, hozirda mazkur holat yuzasidan S.K.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here