Qarshida haydovchi yana bir YPX xodimini uyaltirdi

Joriy yilning 23 iyun- kuni ijtimoiy tarmoqda “Maqsud Muzaffarovdan navbatdagi shedevr video… u gaiga tushdi” sarlavhasi ostidagi video tarqalgan edi.

Ushbu videolavha O'zbekiston Respublikasi IIV YHXBB tomonidan o'rganilganda, joriy yilning 28 may kuni belgilangan kunlik xizmat taqsimotiga asosan, 3-safarbarlik guruhi YPX katta inspektori O.Tursunov yo'l harakati  xavfsizligini ta`minlash maqsadida Qarshi shahar, A.Temur va I.Karimov ko'chalari kesishgan chorrahaga xizmatga jalb qilinganligi, YPX katta inspektori 28 may kuni soat 07:40 larda, Qarshi shahar, A.Temur ko'chasida xizmat o'tayotgan vaqtida, “Spark” rusumli, 70 Y 033 KA davlat raqam belgili transport vositasi haydovchisi A.Temur va I.Karimov ko'chalari kesishmasida o'rnatilgan svetoforning taqiqlovchi qizil chirog'ida orqaga qayrilib olib harakatlanib kelgan vaqtida inspektor haydovchini belgilangan tartibda to'xtatadi.

Haydovchiga o'zini tanishtirib, sodir etgan qoidabuzarligi yuzasidan tushuncha berib, avtomashina boshqarishga oid tegishli hujjatlarini taqdim qilishini so'raganda haydovchi o'zini M.Muzaffarov deb tanishtirib, YPX xodimidan kunlik xizmat o'tash to'g'risidagi dislokasiya ko'chirmasini ko'rsatishini so'ragan.

YPX katta inspektori O.Tursunov aynan ushbu chorrahaga biriktirilgani bo'yicha dislokasiya ko'chirmasini  haydovchiga ko'rsata olmaganligi, unga Qarshi shahar hududi bo'yicha xaritani ko'rsatganligi ma`lum bo'ldi.

YPX katta inspektori, haydovchiga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablarini tushuntirishga harakat qilgan. Lekin, etarlicha bilimga ega bo'lmaganligi sababli ushbu Nizom talablarini to'liq etkazib bera olmagan.

YPX katta inspektori haydovchiga nisbatan “Yo'l harakati qoidalari”ning 31-bandida ko'rsatilib o'tilgan talablarni buzganligi uchun belgilangan tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirgan.

O'zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmatining xabar qilishicha, mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o'tkazildi. 

Unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo'l-patrul- xizmati xodimlarining yo'l harakati qatnashchilari bilan o'zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to'g'risida”gi nizom talablarini buzganligi uchun Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPXO 3-safarbarlik guruhi YPX inspektori O.Tursunovga “Tanbeh” intizomiy jazosi e`lon qilindi.

2 Izohlar

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here