Бош саҳифа » ТАҲЛИЛИЙ » Qashqadaryoda kelinining o‘limiga sabab bo‘lgan qaynona 5 yilga qamaldi

Qashqadaryoda kelinining o‘limiga sabab bo‘lgan qaynona 5 yilga qamaldi

23 июл 2026
1 100
ТАҲЛИЛИЙ / МАҲАЛЛИЙ

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida keliniga uzoq vaqt davomida ruhiy va jismoniy bosim o‘tkazib kelgan qaynonaga sud hukmi o‘qildi. Sud ma’lumotlariga ko‘ra, 47 yoshli ayol 2022-yildan 2025-yil oktyabrgacha kelinini muntazam haqorat qilgan, kaltaklagan, uyidan haydagan hamda uning yaqinlari bilan aloqasini cheklagan.

Xabarlarga ko‘ra, uzoq davom etgan tazyiqlarga chiday olmagan kelin 2025-yil 2-oktyabr kuni o‘z joniga qasd qilgan. Chiroqchi tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi qaynonani aybdor deb topib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

«Улашинг»

Ўхшаш янгиликлар: