Бош саҳифа » ТАҲЛИЛИЙ » Qamashidagi oilaviy xususiy bog‘chada 3 yoshli bola vafot etdi
Qamashidagi oilaviy xususiy bog‘chada 3 yoshli bola vafot etdi
11 июн 2026
950
ТАҲЛИЛИЙ / МАҲАЛЛИЙ
Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 3 yoshli bola vafot etdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova xabar berdi.
Voqea 4-iyun kuni “Zafar” MFYda faoliyat yuritgan yakka tartibdagi tadbirkor O.Aga tegishli oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida sodir bo‘lgan. 3 yoshli bola muassasa xodimlarining sovuqqonligi va eʼtiborsizligi oqibatida avtomobilda unutib qoldirilgan va o‘sha yerda vafot etgan.
Mazkur taʼlim tashkiloti rahbariyati va masʼul xodimlari bolalarni avtotransport vositalarida tashish qoidalari va talablariga qatʼiy rioya etish boʻyicha tegishli tashkilotlar tomonidan doimiy ogohlantirib kelingan.Ammo mazkur talab va majburiyatlarga amal qilinmagan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkor O. A bilan tuzilgan tegishli bitim hujjatlari bekor qilingan.