Бош саҳифа » ТАҲЛИЛИЙ » G‘uzorda 300 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi quriladi

G‘uzorda 300 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi quriladi

16 янв 2026
120
ТАҲЛИЛИЙ / МАҲАЛЛИЙ

Energetika vazirligi G‘uzor tumanida quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 75 MVt·soatli energiya saqlash tizimi (BESS)ni o‘z ichiga olgan loyiha bo‘yicha moliyalashtirish masalalari yuzasidan kelishuv imzolanganini ma’lum qildi.

Mazkur loyiha BAAning “Masdar” kompaniyasi ishtirokida DXSh asosida amalga oshirilib, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyaviy resurslar jalb etiladi. 

Loyiha ishga tushirilgandan so‘ng atmosferaga yiliga 280 ming tonna zararli moddalar chiqishining oldi olinadi, 231 mln kub metr tabiiy gaz tejaladi, shuningdek, 280 mingtaga yaqin xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi.

«Улашинг»

Ўхшаш янгиликлар: