Бош саҳифа » МАҲАЛЛИЙ » Qarshi shahar hokimining o‘rinbosari 41 mln so‘m jarimaga tortildi

Qarshi shahar hokimining o‘rinbosari 41 mln so‘m jarimaga tortildi

12 июн 2026
1 160
МАҲАЛЛИЙ

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar hokimining birinchi o‘rinbosari tomonidan xodimlarni dam olish kunlari ishga jalb qilgani hamda ularga nisbatan haqoratli munosabatda bo‘lingani haqidagi holat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda atroflicha o‘rganib chiqildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilganligi o‘z tasdig‘ini topdi. Holat yuzasidan Qarshi shahar hokimining birinchi o‘rinbosariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasiga asosan ma’muriy jarima qo'llanilgan. 

Davlat mehnat inspeksiyasining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, hokim o‘rinbosariga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari (41 million 200 ming so‘m) miqdorida jarima belgilangan.

Shuningdek, Qarshi shahar hokimining birinchi o‘rinbosari tomonidan xodimlarga nisbatan haqoratli munosabatda bo‘linganligi yuzasidan uning xatti-harakatlarini Odob-axloq komissiyasida ko‘rib chiqish yuzasidan Qashqadaryo viloyati hokimligiga taqdimnoma kiritildi.

«Улашинг»

Ўхшаш янгиликлар: