Бош саҳифа » ТАҲЛИЛИЙ » Qashqadaryoda Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i o‘rinbosari qo‘lga olindi

Qashqadaryoda Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i o‘rinbosari qo‘lga olindi

17 июл 2026
1 650
ТАҲЛИЛИЙ / МАҲАЛЛИЙ

Muborak tumani Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i o‘rinbosari jinoyat ishlari bo‘yicha mazkur tuman sudida mahalliy fuqaroga nisbatan elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanish holati bo‘yicha ko‘rilayotgan jinoyat ishida fuqaroviy da’vogar bo‘lgani holda, korxona manfaatlariga yetkazilgan 103 mln so‘m zararni qayta hisoblab, tanishlari orqali 34 mln so‘mga kamaytirib berganligini aytgan.

Ushbu “xizmat”i evaziga mansabdor shaxs fuqarodan 17 mln so‘m talab qilib, pullarni turmush o‘rtog‘i orqali olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi. 

Hozirda holat yuzasidan qonunbuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Улашинг»

Ўхшаш янгиликлар: