Viloyat markazi Qarshi shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda yangi tizim joriy etildi.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati maʼlumotiga koʻra, xavfsiz shahar tizimi orqali Qarshi shahridagi 4 ta sektor joylashgan 4 hududda IIBning alohida boʻlimlari hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarma tashkil etildi.
Hozirda 4 ta boʻlimlarda barcha sharoitlar yaratilmoqda. Xizmat avtomobillariga maxsus belgili chiroqlar oʻrnatildi.
Ahamiyatlisi , xodimlar endilikda maxsus jihozlangan skuterlarda ham nazorat olib boradigan boʻlishdi.
Oʻylaymizki mazkur tizim jinoyatchilikni oldini olishda katta ahamiyatga ega boʻladi