Qashqadaryo viloyati maktabgacha ta`lim boshqarmasi boshlig'i vazifani bajaruvchi rahbar ishdan ketmoqda

Shu yilning sentyabr- oyida maktabgacha ta`lim vaziri A.Shin buyrug'i bilan Normatov Furqat Pirmatovich viloyat Maktabgacha ta`lim boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshlagandi.
U sobiq rahbar Asror Alimardonovning o'rnini egallagandi. Alimardonovning ishdan ketishiga tanlovdan o'tolmagani sabab qilib ko'rsatilgandi.

Buni qarangki, 3 oyga bormay boshqarmaning yangi rahbari vazifasida ish boshlagan Furqat Normatov ham ishdan ketmoqda.

«Nasafnews» ga ma`lum bo'lishicha, uning o'rniga o'rinbosari Feruz Jabborov hozirda boshqarmani boshqarib turadi.

Furqat Normatovning ishdan ketishiga yoki bo'shatilishiga sabab ochiqlanmay turibdi.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here