Murotjon Azimov «piar» uchun gapirdi yoki uning topshirig'ini rahbarlar inobatga olmadi

Ko'pchilikka ma`lum, Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov yaqinda hokimliklar, tashkilot va muassasalar hamda ishlab chiqarish korxonalari xodimlarining joriy oy uchun ish haqlari, mukofot va rag'batlantirish pullarini joriy yilning 25 dekabr kuniga qadar to'lanishi bo'yicha topshiriq bergandi.

Bugun 25 dekabr- kuni «Nasafnews» axborot sayti o'zining telegramdagi sahifalarida topshiriq ijrosi bo'yicha aholining fikri bilan qiziqdi.
1)https://t.me/nasafnewsuz/9806
2) https://t.me/qashqadaryo_axboroti/8880
3) https://t.me/chiroqchiaxboroti/3131

Bu borada e`lon qilingan xabarning izohlari qisqa fursatda to'lib-toshdi. Ko'pchilik ish haqi olmagan. Qashqadaryodagi rahbarlar viloyatning yangi rahbari topshirig'ini bajarmagan.

Xo'sh, izohlarda odamlar nima demoqda?

«Davlatda pul yo'q emish. Bir qovun tushirishdi, tushirishdi-da. Qarshi shahar xalq ta`limi birorta maktab oylik ish haqi olmadi. Faqat oz-ozdan avans olishdi. YAngi yil dasturxoniga bemalol etadi deyishdi», – deb yozadi G'anisher ismli kuzatuvchi.

«25 dekabr- ko'p bo'lsa, qaysi yilligi yozilmaganku», – deb hazil qildi Jamshid Rajabov.

Shuningdek, izohlarda ko'pchilik ish haqi berilmaganidan shikoyat qildi. Ular o'zlarini umumiy o'rta ta`lim maktablarida ishlashlarini ma`lum qilishdi.

Qashqadaryo viloyat moliya boshqarmasi boshlig'i ism-sharifi bilan izoh yozgan shaxs holatni tushuntirishga harakat qildi.

«Avans olinadi. Byudjet tashkilotlari tartibni bilasizlarku»,- dedi Fayzulla YUsupov.

«Sanoat Energetika Guruhi» MChJ XK Muborak hududiy ishlab chiqarish korxonasida oylik ham bayram puli ham yo'q», – dedi Jahon ismli kuzatuvchi.

«Nishon tumani 1- maktabga 22 dekabr- kuni «zo'rg'a» avans berdi» , – deydi yana bir kuzatuvchi.


Bu bildirilgan fikrlardan bir qismi xolos. Aslida hammasini bu xabarning ichiga sig'dirish ancha mushkul.

Endi «Nasafnews» saytining murojaatlar uchun ishga tushirilgan telegramdagi manziliga yo'llangan xabarlarga e`tibor qaratamiz.
Ko'pchilikka tushunarli bo'lishi uchun yozilgan xabarlarning suratini e`lon qilamiz.

Hammada bir xil savol: Qashqadaryo viloyatining yangi hokimi bajara olmasa, nega katta gapirdi? Viloyat hokiming 25 dekabrgacha ish haqlari to'lanishi haqida aytgan gaplari «piar» uchun e`lon qilingandimi? Yoki uning topshirig'ini qashqadaryolik rahbarlar e`tiborsiz qoldirmoqdami?
Savollar ko'p. Ammo mehnat qilgan fuqarolar borki, yilda bir marta keladigan bayramni o'z uyida g'am-tashvishsiz o'tkazishni istaydi.
«Nasafnews»ning telegram manzillariga bajarilmagan va`da haqida xabarlar kelishni davom etmoqda.

Qashqadaryo hokimligi holat bo'yicha biror izoh berarmikan?

Mavzuga doir:Qashqadaryoning yangi hokimi viloyatdagi barcha rahbarlarga 25 dekabrgacha muhlat berdi

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here