«Nasaf» futbol klubining 2 nafar sobiq futbolchisi yana jamoaga qaytdi



Qarshining «Nasaf» futbol klubida 2 nafar sobiq himoyachilar Bahrom Abdurahimov va Doniyor Narzullaev yana to'p suradigan bo'ldi.

Klub matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra, Bahrom Abdurahimov 2015-2017 yillarda jamoamiz tarkibida harakat qilgan va 85 o'yinda maydonga tushib, 13 bor raqiblar darvozasini ishg'ol etgan.

Doniyor Narzullaev 2014-2019 yillarda jamoamiz tarkibida harakat qilgan va 82 o'yinda maydonga tushib, 3 bor raqiblar darvozasini ishg'ol etgan.

Javob qoldiring:

Please enter your comment!
Please enter your name here