Kecha Nasafnews.uz saytining telegram kanalida tarqalgan «Qarshi shahrida yo'l quruvchilar katta «innovasiya»ga qo'l urishibdi» mazmunidagi fototanqidga Qashqadaryo viloyat avtomobil- yo'llari hududiy bosh boshqarmasi munosabat bildiribdi.
«Bu ishlar Qashqadaryo viloyat avtomobil- yo'llari hududiy bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshirilmagan. Qurilish ishlariga boshqarma tasarrufidagi korxonalar ishtirok etmagan. Katta ehtimol bilan Qarshi shahar hokimligi tomonidan homiylik asosida qilinmoqda. O'ylaymizki, hokimlik mutasaddilari bu holatga izoh berishadi»,-deyiladi boshqarma xabarida.
Bosh sahifa Mahalliy Qashqadaryo viloyat avtomobil- yo'llari hududiy boshqarmasi shahar hokimligidan izoh talab qildi